🔍

Article

Vatan mukofoti topshirildi

By OʻzTAG • in 1985

Oʻzbek shoirasi ^^Zulfiya^^ning nomi sovet koʻp millatli adabiyotining eng yaxshi ustalari qatoridan joy olgan. Uning Vatanga, yerga zoʻr mehr-muhabbat ruhi bilan sugʻorilgan ilhombaxsh satrlarni, tinchlikni, yer yuzidagi oddiy kishilarning doʻstligini tarannum etuvchi satrlarni mamlakatimiz xalqlari ilhom, bilan oʻqimoqdalalr, uning she’rlari oʻnlab chet mamlakatlarining kitobxonalalriga yetib borib, ular qalbining eng nozik torlarini chertmoqda.
$$Sovet adabiyoti$$ni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, aktiv jtimoiy faoliyati uchun va $$SSSR yozuvchilar soyuzi$$ tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan ^^Zulfiya Isroilova^^ga $$Sotsialistik Mehnat Qahramoni$$ unvoni berish, $$[Lenin] ordeni$$ hamda “Oroq va Bolgʻa” Oltin medali topshirish toʻgʻrisidagi Farmon e’lon qilingan edi.
5 yanvar kuni $$Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ning birinchi Sekretari [I.B Usmonxoʻjayev] $$Oʻzbekiston SSR xalq shoiri$$ga Vatan mukofotini topshirdi. U Shoirani yuksak unvon bilan samimiy muborakbod etdi, unga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.
^^Zulfiya^^ mukofoti qabul qilib olar ekan, oʻz mehnatiga berilgan yuksak baho uchun jonajon Kommunistik partya bilan Sovet hukumatiga sidqidildan tashakkur bildirdi va oʻz istedodoimni bundan buyon ham Vatan, xalq xizmatiga bagʻishlayveraman, deb va’da qildi.
Mukofotni topshirish marosimida $$Oʻzbeksiton Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ byurosining a’zolari va a’zolikka kandidatlari ^^R. H. Abdullayeva^^ [E.A. Aytmurodov], [I. G. Anismikin], [Gʻ. H. Qodirov], [V.K. Mixaylov], [M.M. Musaxonov], [O.U. Salimov], [V.A. Golovin], ^^N.M. Mahmudova^^, [U.U. Umarov], [V.A. Xaydarov] hozir boʻldilar.

Total words

205

Unique words

171

Annotated anthroponyms

16

Toponyms

7

TTR

0.834

Hapax

148

Distribution

Top frequency chart

Dataset