$$Qoʻshma Shtatlar$$ $$YUNESKO$$ safidan chiqishga qaror qildi. $$AQSH davlat sekretari$$ [J. Shuls]ning $$Birlashgan Millatlar Tashkiloti$$ Bosh sekretari [X. Peres de Kuelyer]ga yoʻllagan maktubida aytilishicha, shaxsan president [Reygan] tomonidan qabul qilingan bu qaror 1985 yillning 1 yanvaridan kuchga kiradi.
Jahon xalqlarining eng moʻtabar hamjamiyatiga nisbatan Vashington ma’muriyatining bu nojoʻya xatti -harakati taniqli davlat va jamoat arboblari, fan va madaniyat vakillarining haqli noroziligiga sabab boʻlmoqda. Xalqlar oʻrtasidagi tinch -totuv aloqalar rivojiga putur etkazish, fan va madaniyat ravnaqi yoʻliga gʻov solishdan iborat bu qaror rasmiy doiralarda president [Reygan] ma’muriyatining tinchlik manfaatlariga nisbatan navbatdagi xuruji sifatida baholanmoqda.
$$YUNESKO$$ $$Birlashgan Millatlar Tashkiloti$$ning ilm-fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi ixtisoslashgan tashkiloti boʻlib, oʻz faoliyatini 1946 yili boshlagan. Uning maqsadi $$YUNESKO$$ faoliyati gʻoyat serqirra boʻlib, insoniyat ravnaqi, turli qitʼalarda, turlicha sharoitlarda yashayotgan jahon xalqlarining manfaatlarini ifodalovchi qator olijanob vazifalarni oʻz ichiga oladi. Savodsizlikka qarshi kurash, rivojlanayotgan mamlakatlarda injener-texnik kadrlar tayorlovchi maekazlarni barpo etish, fan sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazish, inson huquqi, tinchlikni mustahkamlashga doir ilmiy tadqiqotlar olib boorish shular jumlasidandir.
$$YUNESKO$$ yoʻli bilan har yili 150 dan ortiq xalqaro konferensiyalar, yigʻilish va simpoziumlar oʻtkaziladi. Uning yirik xalqaro tadbirlaridan biri -Kommunikasiyani rivojlantirish xalqaro prigrammasi hukumatlararo kangashining toʻrtinchi sessiyasi 1983 yili Toshkentda <<Informasiya xalqlar tinchligi va taraqiyotiga xizmat qilishi kerak>>shiori ostida boʻlib oʻtdi. Sessiyada ta’kidlab oʻtilganidek, axborot ayirgan mamlakatlar xalqlariga butunlay boshqacha mazmunda etib bormoqda.
$$Qoʻshma Shtatlar$$ $$Vetnam$$, $$Laos$$, $$Kampuchiya$$ kabi mamlakatlarda qoʻlga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarga salbiy libos kiygizishga, $$Livan$$ va $$Grenada$$ fojialarini, $$Afgʻoniston va Nikaragua$$ga qarshi e’lon qilinmagan yrushni oqlashga, bu jinoyatlarga nisbatan oʻzining <<gunohsizligini >>isbotlashga urinmoqda.
<<Urishlar odamlarning ongidagi jarayonlardan boshlanadi. Modomiki shunday ekan, tinchlikni saqlab qolish asoslari ham xuddi shu ongimizda yaralmogʻi lozim>>. $$YUNESKO$$ Ustavidan olingan bu soʻzlar oʻtgan yilning noyabr oyida Parijda oʻtkazilgan $$YUNESKO Bosh konferensiyasi$$ning kun tartibining asosiy mezoni boʻldi. Mazkur konferensiyada qurollanish poygasiga chek qoʻyish, mustamlakachilik va irqchilikning barcha formalariga barham berish, inson huquqlarini himoya qilishga doir masalalarda $$YUNESKO$$ning roli va boshqa muammolar muhokama qilindi va muhim hujjatlar qabul qilindi.
Konferensiyaning koʻpchilik qatnashcilari buhujjatlarni toʻla -toʻkis ma’qulladilar va $$YUNESKO$$ni yadro falokati xavfiga qarshi kurashda yanada aktivroq ishtirok etishga da’vat etdilar. $$AQSH$$ delegatsiyasi esa bu hujjatlarni quvvatlashdan bosh tortdi.
Prezident [Reygan] $$<<Birlashgan Millatlar Tashkiloti$$da yuzta mamlakat deyarli har bir masalada biz bilan murosaga kelmayapti. Lekin bundan mening ishtaham boʻgʻilayotgani yoʻq>>,- degan boʻlsa, $$Qoʻshma Shtatlar$$ning $$BMT$$ dagi doimiy vakili [J. Kirkpatrik] jahon xalqlarining bu moʻtabar hamjamiyatga baho berishda undan aslo orqada qolgani yoʻq; <<BMT – siyosiy Sistema boʻlib, u koʻp jihatdan bizning muxoliflarimiz nazoratidadir>>.
Jahl kelsa aql qochar, deydilar. Prezidentning bu <<bamaylixotirligi >>, Kirkpatrik xonimning bu <<ixtirosi>> ehtimol BMT sessiyalari, $$YUNESKO$$ konferensiyalarida $$AQSH$$ning koʻpdan -koʻp magʻlubiyatlari, yakkalanib qolishi iztirobidir. Chunki ularni eng yaqin ittifoqchilar, Vashingtonga nisbatan tobelikni joyiga qoʻyayotgan tomonlar ham qoʻllashmadi. $$YUNESKO$$ga a’zo boʻgan ellikta $$Afrika davlati$$ $$AQSH$$ning bu tashkilotidan chiqishi munosabati bilan taassuf bildirdi. Kanada, $$Fransiya$$, $$Angliya va Gʻarbiy Germaniya hukumatlari$$ ham oʻz taassuflarini Oq uyga rasmiy ravishda ma’lum qildilar. Qisqasi, $$Qoʻshma Shtatlar$$ yana yakkalanib qoldi. Siyosiy kuzatuvchilar president Reyganning bu qarori <<uchinchi dunyo>> mamlakatlarida $$YUNESKO$$ yoʻli bilan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, maorif rivojiga putur etkazibgina qolmay, Qoʻshma Shtatlarning oʻziga ham katta ziyon krltirishini ta’kidlamoqdalar. Chunkirivojlanayotgan mamlakatlarda ishlayotgan amerikalik olim va mutaxassislar ilmiy -izlanish ob’eklaridan mahrum boʻadilar.
Bu haqda Vashingtondagilar chuqurroq oʻylab koʻrishmayapti.
Total words
520
Unique words
407
Annotated anthroponyms
6
Toponyms
32
TTR
0.783
Hapax
352
Distribution
Top frequency chart
Dataset