🔍

Article

KAMOLOT SARCHASHMASI

By Juma SHUKUROV, Buxoro oblast Romitan … • in 1984

Koʻpincha ota-onalar menga bunday taklif, mulohazalar bilan murojaat etishardi: <<Oʻn yil maktab koʻrgach oʻquvchilaringiz biror kasb - hunar ham egallashsa boʻlmasmidi?!>> <<Falonchining oʻgʻli a’lochi oʻquvchi boʻlgani uchungina maktabda qoldirilibdi. Nega endi bizning farzandimiz hunar -texnika bilim yurtiga joʻnatilarkan?!>> <<Qizim maktabni nuqul <<a’lo >>baholar bilan bitirdiy-u, lekin institutga kirolmadi>>. <<Oʻquv programmasi ogʻir, oʻquvchilarni ikkinchi darajali ishlardan tiyish vaqti etmadimikan?>> <<Adabiyot muaallimi kasal ekan, oʻrniga geografiya oʻqituvchisi dars berayotganmish. Bu qanaqasi?>>
Bu savollarga baholi qudrat javob berishga harakat qilganmiz. Ammo, aksariyati, gapning rosti, amalda javobsiz qolgan. Partiyamiz Markaziy Komitetining <<Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari>> loyihasida ana shunga oʻxshash juda koʻplab savollarga aniq javob topilganidan behad mamnunmiz.
Partiya va hukumatimiz bolalarga ta’lim berish jarayonlarini yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya samaradorligini keskin oshirishni asosiy vazifa qilib qoʻymoqda. Endi ishni tubdan oʻzgartirish payti keldi. Maktab va hunar -texnika bilim yurtlari faoliyatini izchillik bilan bogʻliq boʻlgan moddiy -texnika bazasini yaratish davr talabi, hayottalabidir. Oʻrta ma’lumotli yoshlarimizni oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish tartiblari ham birmuncha islohga loyiq deb oʻylayman. Qobilliyatli yoshlar ba’zan u yoki bu sabablar bilan chetda qolib ketib, noqobillarning oliy oʻquv dargohlaroga suqilib kirib qolishlariga sira yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Maktablarda ham, hunar-texnika bilim yurtlari va boshqa oʻquv dargohlarida ham oʻqish, oʻrganish, ta’lim -tarbiya berish ustidan, boshqacha qilib aytganda, yoshlarning belgilangan fan va hunar boʻyicha chuqur bilim oilshida pedagoglar, murabbiy va ishlab chiqarish ta’limi masterlari faoliyatiga tegishli mezon bilan baho berib borish imkonnini beradigan qattiq nazorat oʻrnatish lozim. Loyihada ana shu narsa aks topishini istardim.
Maktab darsliklari va oʻquv programmalarini ortiqcha murakkablikdan xalos etish haqidagi tadbir juda toʻgʻri.

Total words

253

Unique words

211

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.834

Hapax

191

Distribution

Top frequency chart

Dataset