🔍

Article

FAXR

By K. RIXSIEV, <<Sovet OʻZBEKISTONI >>Maxsus … • in 1984

^^Salomat opa^^ yetti oʻlchab, bir kesadiganlardan emasmi, miyasida charx urayotgan fikrini birovga aytishdan oldin juda koʻp oʻyladi. Oʻyladiy - u biror natija chiqmaguncha hech kimga ogʻiz ochmaslikka ahd qildi.
Birlashmada barcha jarayonlar mexanizasiyalashtirilgan. Tovuqlarga don, suv berish, chiqindilarni yigʻishtirib olish ishlarini mexanzm-agretarlar bajaradi. Shuning uchun bitta parrandaboqar 20-25 mingdan ziyod tovuqni parvarishlay oladi. Ammo jonivorlarga kuniga uch mahal berilayotgan ozuqaning ma’lum qismi ortib qolmoqda. Buning ustiga tovuqlarning sutkalik semirishi , tuxum berishi ham koʻngildagidek emasdek tuyulardi Salomat opaga.
Odatda har bir operatorga tovuqlar soniga qarab ma’lum miqdorda don va ozuqalar ajratiladi. Ana shu don va ozuqalarni maxsus ozuqa tarqatuvchilar bunkerlarga joylab ketishadi. Uni tovuqlarga qaysi muddatda berish esa operatorlarning qoʻlida. Lekin birlashmada parrandalarni oziqlantirishning yagona tartibi mavjud boʻlib, har bir kishi unga qat’iy rioya qilishi lozim. ^^Salomat opa^^ ajratilgan ozuqalarning bir qismi nobud boʻlayotgani, undan tashqari tovuqlarning mahsuldorligi pastligini koʻrib, parrandalarga tez- tez, oz -ozdan don bersa qanday boʻlar ekan deb oʻyladi. Mana shu xayol bir necha kundirki unga tinchlik bermaydi. Oxiri tovuqlarni kuniga uch marta oʻrniga, besh marta oz -ozdan oziqlantirib koʻrishga qaror qildi. Biroq bu rejani hali uning oʻzidan boshqa birov bilmasdi.
Bir necha kun oʻtgach, ^^Salomat opa^^ni birlashmaga chaqirib qolishdi. U direktor xonasiga kirganida birlashma rahbarlari, mutaxassislari ham shu erda toʻplanishgan ekan.
-^^Salomat^^ opa, avvalo oʻtgan kunlikda eng koʻp tuxum topshirib, birinchilikni olganligingiz bilan tabriklayman. Mutaxassislarning fikricha boqimingizdagi tovuqlar vaznida ham oʻsishga erishibsiz, -dedi director Salomat opaga koʻchma vimpelin topshirar ekan. Ammo, meni boshqa bir narsa ajablantiryapti, ozuqa tarqatuvchilarning gapiga koʻra , kecha ozuqa tarqatayotib sizning sexingizdagi bunkerlarda hali don borligini koʻrib qolishibdi. Shularni qayerdan olganligingizni bilsak boʻladimi?
_Oʻzim ham sizlarga aytmoqchi boʻlib yuruvdim. Agar ruxsat bersangizlar mans shu usulni davom ettirsak…
U atrofdagilar savol nazari bilan oʻziga qarab turishganini koʻrib bir boshdan tushuntira boshladi.
-Ma’lumki, respublikamizning iqlimi issiq. Bunday sharoitda tovuqlar ishtaha bilan bir yoʻla koʻp don eyolmaydi. Oldiga tashlagan ozuqaning bir qismini saralab eydi. Qolganlarini esa nishxoʻrdga chiqib ketadi. Men parrandalarga bir kunga moʻljallangan ozuqa normasini beshga boʻlib beryapman. Tovuqlar ozuqalarni qoldirishmayapti. Ham don tejalyapti, ham tuxum koʻpaymoqda.
Oʻsha kuni birlashma rahbarlari bilan mutaxassislari hozirchalik bu yangilikni faqat Salomat Saydalieva sexida sinab koʻrish, agar natijasi yaxshi boʻlsa, barcha erda keng yoyishga kelishishdi. Chunki ular ^^Salomat^^ opani oʻz ishining ustasi sifatida bilishar, mehnatsevarligi, izlanuvchanligini hurmat qilishardi. Oʻziga bildirilgan yuksak ishochdan ruhlangan tashabbuskor operator mas’uliyatni his qilib, yoshlarga xos gʻayrat koʻrsatib ishladi. Ishni qat’iy grafik asosida tashkil etdi. Tovuqlarga belgilangan vaqtda ozuqa, suv berdi. Tez -tez kataklarni tozalab turdi. Mutaxasislar ham qarab turishmadi. Parrandalarning mahsuldorligini muntazam nazorat qilib borishdi. Zarur boʻlganda yordamlarini ayashmadi. Ish yurishib ketdi. Yil oxirida shu narsa ma’lum boʻldi: bir yilda tovuqlarning mahsuldorligi 15 prosentga oshibdi. Eng muhimi katta mablagʻ va mehnat evaziga tayorlangan don va boshqa ozuqalardan 105 tonna tejalibdi.
Haqiqiy inson shuhrat ortidan quvmaydi. Vijdonan, halol mehnat qilganlarning ketidan shuhratning oʻzi ergashib yuradi. Partiya va hukumatimiz Salomat Saydalievaning fidokorona mehnati munosib baholadi. U $$Mehnat Qizil Bayroq$$, $$<<Hurmat Belgisi >>orden$$lari va bir qancha meddalar bilan taqdirlandi. 1982 yilda esa ^^Salomat Saydalieva^^ $$SSSR Davlat mukofoti$$ laurenti degan yuksak nomga loyiq koʻrildi.
Ana shundan keyin ^^Salomat^^ opaning ish uslubi keng yoyildi. Uning sexida tajriba maktabi ochildi. Bu maktabda ta’lim olgan ^^Amaliya Morgul^^, ^^Zoya Popova^^, ^^Jumagul Sodiqova^^, ^^Inobat Saydalieva^^lar hozir ustozlari bilan musobaqalashib, el-yurt ma’murchiligiga munosib hissa qoʻshmoqdalar. Ustozning oʻzi doimo izlanishda. U 1982 yilda 25 ming tovuqni parvarish qilgan edi. Oʻtgan yili ish frontini ikki baravar kengaytirdi. Boqimidagi 50 ming tovuqdan 7280, 7 ming dona sifatli tuxum olishga erishdi.
Bu yil orjonikidze rayonidagi [Ilich] nomli parrandachilik ishlab chiqarish birlashmasida novator soni ortdi. Ularning unumli ishlashlariga imkoniyat yaratish maqsadida har bir kishiga 30 mingtadan tovuq biriktirib chiqildi. Hozir parrandaboqarlarning hammasi yil boshidanoq yuksak natijalarga erishish uchun harakat qilishmoqda. ^^Salomat^^ opa esa ularning ishidan doimo xabar olib turishga vaqt topadi. Yutuqlarni mustahkamlash, nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha qimmatli maslahatlar beradi.
-KPSS Markaziy Komiteti Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi Oʻrtoq [Y. V. Andropov]ning partiya Markaziy Komiteti dekabr (1983 yil) Plenumidagi nutqi tekstida aholini oziq -ovqat mahsulotlari bilan yanada koʻproq ta’minlashdek muhim masalaga katta ahamiyat berilgan. Qishloq xoʻjalik xodimlari, xususan chorvadorlar oldiga konkret vazifalar qoʻyilgan, -deydi biz bilan suhbatda ^^S. Saydalieva^^. Nutq tekstidagi <<…qishloq mehnatkashlari …dala va fermalarmahsuloti etishtirishni koʻpaytirishda yana bir qadam qoʻyishlari zarur>>, degan soʻzlar bizlarni oʻz ishimizga ijodiy munosabatda boʻlishga da’vat etadi. Men hozir 36 mingta tovuqni parvarishlayapman. Boqimimdagi tovuqlar soni kamayganiga qaramay mahsuldorlikni oshirishni koʻzlamoqdaman. Bu yil ulardan 6 million dona tuxum olishni moʻljallab turibman.
Ha, ^^Salomat^^ opa doimoyangi dovonlarni koʻzlaydi. El dasturxonini toʻkin qilish ishiga munosib hissa qoʻshayotganidan faxrlanadi.

Total words

733

Unique words

548

Annotated anthroponyms

16

Toponyms

3

TTR

0.748

Hapax

456

Distribution

Top frequency chart

Dataset