🔍

Article

QOMUSIMIZ – BAXTIMIZ.

By Ergash SAYITOV, O‘zbekiston Ldlnya vazirligi … • in 2004

«109-modda. $$O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi$$:
1. $$O‘zbekiston Respublikasi qonlari$$ning va $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari$$ning, $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari$$ning, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, $$O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari$$ $$O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi$$ga mosligini aniqlaydi;

2. $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi$$ $$O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi$$ga, $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari$$ $$O‘zbekiston Respublikasi$$ning qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;

3. $$O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi$$ va qonunlari normalariga sharh beradi;

4. $$O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi$$ va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi.

Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas.

Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaviy sud qanday ishlarni ko’rishi 108-moddaga bag’ishlangan sharhda qisman qayd etilgan .Mazkur moddaning sharhida esa ,Konstitutsiyaviy sud to’g’risidagi qonunda belgilangan mazkur sudning tashkil etilishi va faoliyat ko’rish tartibi masalalariga to’xtalamiz.
Konstitutsiyaviy sudda muhokama majlisiga tayyorgarlik ko‘rish mazkur sudning raisi tomonidan amalga oshiriladi. Sudga taqdim etiladigan savollar sud raisi tomonidan dastavval sinchkovlik bilan o‘rganiladi. Sud raisi muhokama etiladigan masalani bir yoki bir necha sudyalarga beradi, ish bilan tanishib chiqish muddatini belgilaydi. Masalani o‘rganib chiqqan sudya ma’lumotnoma tuzadi va uni Konstitutsiyaviy sud raisiga bayon qiladi, zarur bo‘lsa bayonini sud majlisida ovoza qiladi.

Masalani muhokamaga tayyorlash, to‘xtam, xulosa yoki boshqa qarorning loyihasini tuzish, shuningdek majlisda materiallarni bayon qilish uchun sud raisi sudya-notiqni tayinlaydi. Odatga ko‘ra, bunday sudya sifatida, mazkur masalani dastlabki ravishda o‘rgan­gan sudya tanlanadi. U zarur bo‘lgan hujjatlarni va boshqa materiallarni talab qilib olishi, tekshiruv, tadqiqotlar, eksper­tizalar o‘tkazilishi to‘g‘risida topshiriqlar berishi, mutaxassislar maslahatlaridan foydalanishi, so‘rovlar yuborishi mumkin. Sudya-­notiq va Konstitutsiyaviy sud raisining o‘rinbosari majlisga chaqiriladigan shaxslarning doirasini belgilab, majlis qaerda va qachon o‘tkazilishi hamda tegishli shaxslarning chaqirtirilishi, shuningdek majlis qatnashchilari uchun zarur bo‘lgan materiallarning yuborilishi to‘g‘risida tegishli farmoyishlar beradi.

Konstitutsiyaviy sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Raisi, uning o‘rinbosarlari, Bosh Vazir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Adliya vaziri qatnashishlari mumkin. Ular ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etishga haqlidirlar.

Konstitutsiyaviy sudning majlisiga zarur ma’lumot yoki materiallarga ega shaxslar, ekspertlar va mutaxassislar chaqirtirilishi mumkin. Konstitutsiyaviy sudda ishlarni ko‘rish munosabati bilan jalb etilgan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga qonun hujjatlariga muvofiq xarajatlar va haq to‘lanadi.

Konstitutsiyaviy sudda savollar quyidagi tartibda muhokama etiladi:
Belgilangan vaqtda rais Konstitutsiyaviy sudning majlisini ochiq deb e’lon qiladi va muhokamaga qanday masalalar qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar qilib, sudyalarning ko‘pchiligi yig‘ilganligiga ishonch hosil qiladi va majlis to‘g‘risida bayonnoma olib borilishi ta’minlanganligini tekshiradi.

Agar Konstitutsiyaviy sud ko‘rilayotgan masala bo‘yicha muhokama o‘tkazish yoki ovoz berishni konstitutsiyaviy sudning sudyasi bo‘lmagan shaxslar­siz mazkur harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorga kelsa, muhokamada sudyalar oldida ovozga qo‘yish to‘g‘risidagi savollar va ovoz berish natijalari alohida bayonnomada qayd etilishi lozim. Bayonnoma to‘liq bo‘lishi uchun stenografiya usulidan foydalanish mumkin.

Konstitutsiyaviy sudning majlisida taraflar va ularning vakillari qatnashishlari, ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:
— konstitutsiyaviyligi tekshiriladigan xalqaro shartnomani imzolagan yoki normativ hujjatni chiqar­gan davlat organlarining vakillari;
— xalqaro shartnoma yoki normativ hujjatning konstitutsiyaviyligini tekshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani yoki xulosa berish to‘g‘risidagi so‘rovni yuborgan davlat organlari va jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari va ularning vakillari;
— taraflarning ishonchnomalari bo‘yicha himoyachilar (advokatlar) yoki yuridik fanlar bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar.

Taraflar Konstitutsiyaviy sudning chaqiruviga bo‘yicha etib kelishlari, tushuntirishlar va savollarga javob berishlari shart. Har bir taraf ish bo‘yicha o‘zi tanlagan nuqtai nazarini bayon qilishi va boshqa tarafga, guvohlarga va ekspertlarga savollar berishi, iltimosnomalar va xususiy shikoyatlar keltirishi, konstitutsiyaviy ish yuritish materiallariga ilova qilinadigan yozma taqrizlar berishi, boshqa taraflarning taqrizlari bilan tanishishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sudning majlisiga Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Adliya vaziri, taraflar va ularning vakillari kelmaganligi ishning ko‘rilishi, tegishli qarorning qabul qilinishi, to‘xtamlarning berilishi va boshqa qarorlarning qabul etilishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Raislik qiluvchi taraflarga ularning huquq va majburiyatlarini, chaqirtirilgan shaxslarga — ularning majburiyatlari va javobgarliklarini tushuntirishi kerak.
Har qanday savolning ko‘rilishi sudya-­notiqning nutqidan boshlanadi va u savolning mohiyati, uni ko‘rish sabab va asoslari, mavjud bo‘lgan materiallarning mazmuni to‘g‘risida gapirib, savolni muhokamaga tayyorlash bo‘yicha ko‘rilgan chora­lar to‘g‘risida ham ma’lum qiladi. Sudya-­notiqga Konstitutsiyaviy sudning sudyalari tomonidan tegishli savollar berilishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sud o‘z qarorini faqat konstitutsiyaviyligi shubha tug‘dirgan va muhokama etilgan muayyan savollar bo‘yicha chiqaradi. U normativ hujjatning konstitutsiyaviyligini tekshirib, aynan bir paytda tekshirilgan normativ hujjat asosida chiqarilgan yoki uning matnini qayd etgan boshqa normativ hujjatlarga nisbatan ham tegishli qarorini chiqarishi mumkin, (garchand Konstitutsiyaviy sudning muhokamasiga qo‘yilgan masalada mazkur normativ hujjatlar to‘g‘risida, ularni muhokama etish to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lmasa ham).

Davlatlararo shartnoma­ning va normativ hujjat­ning konstitutsiyaviyligi yuzasidan ko‘rib chiqilgan ishning mohiyati bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning to‘xtami qaror deb ataladi. Qarorlar Konstitutsiyaviy sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi. Boshqa hollarda Konstitutsiyaviy sudning to‘xtami xulosa deb ataladi yoki boshqacha shaklda ham bo‘lishi mumkin. Har qanday holda Konstitutsiyaviy sudning to‘xtami asoslantirilgan bo‘lishi shart. Konstitutsiyaviy sud to‘xtam qabul qilganidan so‘ng shu zahotiyoq o‘zining qarorlarini yozma ravishda qayd etadi. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari, xulosalari va boshqa to‘xtamlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi va matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. To‘xtamda qayd etilgan tuzatishlar belgilab, izohlanadi va raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Agar Konstitutsiyaviy sudning to‘xtami va uning nomlanishi alohida hujjatlarda qayd etilsa, Konstitutsiyaviy sudga raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

Konstitutsiyaviy sud o‘zining qarorini uni qabul qilish vaqtidan boshlab bir oydan kechiktirmay alohida ko‘rinishda bo‘lgan hujjat sifatida quyidagilarga yuboradi:
— O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga;
— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga;
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga;
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga;
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisiga;
— O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga;
— O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga;
— taraflarga.

Konstitutsiyaviy sudning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nashri bo‘ladi.

Konstitutsiyaviy sud sudyalari sudlov ishini maxsus kiyimda olib boradilar.

Total words

908

Unique words

450

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

12

TTR

0.496

Hapax

308

Distribution

Top frequency chart

Dataset