Mustaqillik yillarida ommaviy sportga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, sportni rivojlantirish shiori ostida oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalar va shuvchilar o‘rtasida «Umid nihomari», «Barkamol avlod», «Universitetda» o‘tkaziladigan turnirlar muntazam o‘tkazib kelindi. Matbuot bir necha yildirki, bular qatoridan «Futbolimiz kelajagi» turniri ham o‘rin oldi. Mahallamizning 14 yoshgacha bo‘lgan futbol jamoasi turnirda g‘olib chiqdi.
Bunday musobaqalar, albatta, yosh avlodni jismoniy va ma’naviy sog‘lom qilib tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Faqat, yoshlarimizga o‘zlarining iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish uchun sportning ahamiyatini tushunarli qilib yetkazish, mashqlarni yuqori saviyada tashkil etish zarur. Yana bir muhim jihati shundaki, mamlakatimizda, xususan, xorijda yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotgan sportchilarni Vatan oldida erishayotgan obro‘-e’tiborlarini, davlatimiz tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtiromni yoshlar ko‘ra bilishi kerak.
Bunday ishlarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyosdir. Bu jihatdan Vazirlar Mahkamasining «Ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ayni muddao bo‘ldi. Afsuski, keyingi paytlarda vaqtli matbuot va televideniyada sport ko‘rsatuvlari ko‘paygan bo‘lsa-da, ularning ko‘p qismi xorij sportiga ajratilganini ko‘rish mumkin.
O‘ylaymanki, bu qaror respublikamizning chekka-chekka qishloqlaridagi iste’dodli yoshlarimizning tanilishida, shuningdek, o‘zbek sportini nafaqat o‘z xalqimizga, balki, dunyoga targ‘ib qilishda katta xizmat qiladi.