$$KPSS Markaziy Komiteti$$ning 1983 yil dekabr Plenumida yonilgʻi va energetika resuslardan fpydalanish koeffisientini yanada oshirish, ularni tejab-tergab sarflash va qat’iy hisob -kitob yuritish haqida alohida toʻxtalib oʻtildi. Undan sal oldin esa $$KPSS Markaziy Komiteti$$ bilan $$SSSR Ministirlar Soveti xalq xoʻjaligi$$da avtotransport vositalaridan samarali foydalanish broadside maxsus qaror ham qabul qilgandi. Afsuski, partiya va hukumatimizning ana shu koʻrsatmalarga qaramay neft mahsulotlaridan xoʻjasizlarcha foydalanayotgan, isrofgarchilikka yoʻl qoʻyayotgan korxonalar, tashkilotlar va idoralar hamon uchrab turibdi. $$Oʻzbekiston SSR Qurilish minstirligi$$ga qarashli $$<<Oʻzstroytrans >>birlashmasi$$ avtokorxonalarida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari shuni koʻrsatdi.
Tarmoq xoʻjaliklarida oʻtgan yilning toʻqqiz oyidagina 984 tonna yonilgʻibelgilanadigan ortiqcha sarflandi. Faqat yuk koʻtarish va yoʻl bosish foydali koeffisientining bajarilmasligi tufayli 1983 yil uchun qabul qilingan sosialistik majburiyatda belgilanganidan 325 tonna benzin, 278 tonna dizel yonilgʻisi kam tejab qolindi.
Birlashmada avtomashinalarni unumsiz ishlatish hollari hamon davom etmoqda. Planlashtirishda yoʻl qoʻyilgan xató va kamchiliklar tufayli ba’zan oʻn minglab kilometr masofani behuda bosib oʻtishga toʻgʻri kelyapti. Masalan, 8 avtobazada <<K- 5410 >> markali avtomashina 520 kilometr yoʻl bosib Fargʻonaga 14 tonna yuk olib borgan. U yerdan yuksiz qaytib kelish uchun esa 160 litr yonilgʻi foydasiz sarf qilingan.
Birlashma avtoxoʻjaliklarida 20 prisentdan ortiq mashinalar spidometrlari nosoz boʻlishiga qaramay, hanuz amaliy chora koʻrilmayapti. Bajarilmagan ishlarni planga qoʻshib yozish hollari roʻy bermoqda. Yuqorida qayd qilingan 8 -avtobazada tekshirilgan 85 ta yoʻl varaqasiga tashilmagan 1042 tonna yuk, 690 kilometr masofa, 2744 tonna -kilometr yuk oborotiqoʻshib yozilgan. Bajarilmagan ish uchun esa 2066 litr yonilgʻI <<sarflab>>yuborilgan. Shunday manzarani birlashmaning 3-, 13-, 14- avtoxoʻjaliklarida ham uchratish mumkin, Chunonchi, Urganchdagi 13- avtoxoʻjalikda 1983 yilning fevral oyida oʻtkazilgan tekshirish chogʻida 15734 tonna -kilometr yuk-oboroti planga qoʻshibyozilganligi aniqlanganedi. Oʻshanda korxona $$Oʻzbekiston SSR Davlat neft inspeksiyasi$$ koʻrsatgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan uzundan-uzoq tadbirlar belgilandi. Biroq, ular qogʻozdagina qolib ketdi. Yaqinda xoʻjalikda qayta tekshirish chogʻida 9761 tonna-kilometr yuk oboroti yana planga qoʻshib yozilganligiga guvoh boʻldik.
Shuni ham ta’kidlash kerakki , ayrim hallarda ba’zi haydovchilar korxona ma’muriyati va rahbarlarining mas’uliyatsizligidan foydalanib, koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻymoqdalar. 3-avtobazaning <<MAZ -500>>avtomashinasi shofyori [V. Zolotarev] oʻtgan yilning 21 noyabr kuni yoʻl varaqasiga haqiqiy bosib oʻtilgan ming kilometr yuk oboroti bajarildi, deb qoʻshib yozdi.Haydovchi shuncha ish hajmini bajarish uchun sarflanishi kerak boʻlgan 504 litr dizel yoʻnilgʻisi oʻrniga atigi 150 litr yonilgʻi ishlatgan. Bubilan goʻyo u 354 litr yonilgʻi <<tejab >>qolgan yoki normaga nisbatan 68,7 prosent kam yonilgʻi sarflangan. Holbuki, bu bosib oʻtilgan masofa bilan bajarilgan ish hajmini oshirib koʻrsatish oqibati, xolos.
$$KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministirlar Soveti$$ning <<Xalq xoʻjaligida avtotransport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yuklarni avtomobil transportida tashish chogʻida oshirib yozishga qarshi kurashni kuchaytirish hamda yonilgʻi moylash materiallari yaxshi saqlanishini ta’minlash toʻgʻrisida >>gi qarorida avtomobil transporti Ishida hisob kitobni tashkil etish, yonilgʻi-moylash materiallaridan tejab-tergab foydalanish borasida rtarlicha mas’uliyat sezmayotgan, yuklar hajmini oshirib yozish va avtomobil yonilgʻisi talon -taroj qilinishiga yoʻl qoʻyayotgan shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishi zarurligi qayd qilingan. Oʻylaymizki, <<Uztroytrans >>birlashmasi ma’muritati (bosh direktori oʻrtoq [A. N. Burov] ) oʻz ishini partiya va hukumatimiz qarorlari va koʻrsatmalari asosida tashkil etib, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻradi.
Article
MAS’ULIYAT UNITILGACH TASHVISHLI SIGNAL
Total words
480
Unique words
352
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
7
TTR
0.733
Hapax
281
Distribution
Top frequency chart
Dataset