🔍

Article

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oddiy askarlar va serjantlar tarkibida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida

By Vazirlar Mahkamasining Raisi Toshkent shahri, … • in 2003

"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi $$O‘zbekiston Respublikasi Qonuni$$ga muvofiq, jangovar tayyorgarlik samaradorligi va qo‘shinlarning jangovar shayligini, harbiy xizmatning nufuzini oshirish, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, shuningdek har tomonlama yetuk, Vatanga sadoqatli yoshlarni tarbiyalash, Qurolli Kuchlar, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlarini armiyada xizmat o‘tagan mard va vatanparvar kadrlar bilan to‘ldirish, buning uchun puxta tayyorgarlik ko‘rgan rezerv barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1.O‘zbekiston Respublikasi Moliya, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaning 2003 yil 1 iyuldan boshlab oddiy askarlar va serjantlar tarkibida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning:

— lavozim maoshlari ikki baravar;
— harbiy xizmatdan bo‘shatilganda beriladigan nafaqa miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz baravarigacha yoki yigirma baravarigacha oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilab qo‘yilsinki, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning pul ta’minotini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruv rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga tushayotgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

2.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ([M. Nurmuradov]) Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaning asoslangan hisob-kitoblariga binoan 2003 yilda “Safarbarlik chaqiruv rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamidan muddatli xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning ta’minotini yaxshilash, ularni zarur anjomlar bilan ta’minlash, qo‘shilmalar va qismlarni sport inventarlari hamda trenajyorlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv materiallari, kutubxona fondi bilan jihozlash uchun 2,0 milliard so‘m yo‘naltirsin.

3.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tgan fuqarolar Qurolli Kuchlarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan texnik va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha respublikaning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotganida ularga test sinovlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyoz berilsin.

Mazkur imtiyoz harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasi mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.

Belgilab qo‘yilsinki, mamlakat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun harbiy qismlarning tavsiyanomalari jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan muddatli harbiy xizmatchilarga qo‘shilmalar komandirlari hamda ularga tenglashtirilgan, harbiy xizmatchini tavsiflovchi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan beriladi.

Harbiy qismlar qo‘mondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

4.Mudofaa vazirligi ([Q. G‘ulomov]) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ([S. G‘ulomov]) bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatni o‘tgan fuqarolarga o‘qishga kirishda ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar beriladigan ta’lim yo‘nalishlari va oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

5.Belgilab qo‘yilsinki, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Davlat bojxona qo‘mitasida kontrakt bo‘yicha xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar, oddiy askarlar va serjantlar tarkibi eng avvalo:

— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tgan;
— safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatda bo‘lgan va maxsus hisob raqamiga pul badalini to‘liq miqdorda to‘lagan, bir oylik harbiy yig‘inlarda qatnashgan hamda harbiy hisobdagi ixtisoslikka turdosh mutaxassislikka ega bo‘lgan shaxslar hisobidan to‘ldiriladi.

6.Adliya vazirligi ([A. Polvonzoda]) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqqan holda amaldagi normativ hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif tayyorlasin.

7.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri [O. Sultonov] zimmasiga yuklansin.

Total words

481

Unique words

296

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

1

TTR

0.615

Hapax

214

Distribution

Top frequency chart

Dataset