Oʻn birinchi besh yilligimiz oʻtgan davrining yakunlari ekonomika turli tarmoqlari dadil taraqqiyot yoʻlidan borayotganligini koʻrsatib turibdi. Partiyaning mamlakat miqyosida xoʻjalikni boshqarishni takomillashtirish, uyushqoqlikni oshirish, davlat, mehnat va plan intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan hayotiy tadbirlari barqaror yuksalish istiqbollarini aniq -ravshan koʻrsatib bermoqda.
Barcha sovet kishilari qatori $$Oʻzbekiston$$ mehnatkashlari ham 1984 yilga kommunistik qurilish vazifalarini bajarish sohasida katta muvaffaqiyatlar bilan qadam qoʻydilar. Oʻtgan yil sanoat, kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi, transport, aholiga xizmat koʻrsatish tarmoqlarida olgʻa tomon dadil qadam qoʻyilgan yil boʻldi. $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning 1983 yildekabr Plenumi ekonomikani rivojlantirishning aniq va tigʻiz yoʻnalishlarini belgilab berdi. Qoʻlga kiritilgan yutuqlar nuqtai nazaridan baho berilsa, partita oʻrtaga qoʻyayotgan muhim vazifalar -mehnat unumdorligini plandan tashqari 1 prosent oshirish va mahsulot tannarxini qoʻshimcha 0,5 prosent arzonlashtirish batamom real va amalga oshirish mumkin boʻlgan koʻrsatmalardir. Bu koʻrsatmani mehnatkashlar kollektivlari partiyaning ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi eng muhim topshirigʻi deb qabul qildilar.
Bu topshiriqning muvaffaqitatli ado etilishi katta rezervlarni harakatga keltirish imkonini beradi, ekonomikani rivojlantirishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika sanoatida mehnat unumdorligini plandan tashqari 1 prosent oshirish nima degani? Qoʻshimcha ravishda 400 million kilovattsoatdan koʻproq elektr energiya hosil qilish, 100 ta paxta terish mashinasi, 246 traktor, 16 ming tonnadan moʻlroq pazta tolasi ishlab chiqarish demakdir. Aholi ehtiyojlarini hisobga olsak, mehnat unumdorligini 1 prosent koʻtarish qoʻshimcha tarzda 3 million met rip gazlama, qariyb 500 nimg juft paypoqlar, salkam 800 dona xolodilnik, 300 tonna kimyoviy yuvish vositalari ishlab chiqarish bilan baravar.
Kapital qirilishda mehnat unumdorligini atigi bir prosent yuksaltirish – dastlabgi hisob -kitoblarga koʻra -90 million soʻmlik bino va inshoatlar tiklab berish bilan izohlanishini aytib oʻtish kifoya. Boshqacha aytganda, shuncha mablagʻ bilan yarim million kvadrat metr uy-joy binolari qurish yoki butun boshli issiqlik elektr stansiyasini barpo etish mumkin. Transportda mehnat unumdorligini 1 prosent oshirish 1 milliard tonna – kilometr qoʻshimcha yuktashish ishlarini ado etishga yordam beradi.
$$Oʻzbekiston SSR$$ni iqtisodiy va sosial rivojlantirishning 1984 yilgi planida uiugʻvorrejalar koʻzda tutilgan. Plan va majburiyatlarning bajarilishiga imkon beradigan shart -sharoitlarni yaratib, ekonomikaning dinamik taraqqiy etishi uchun imkoniyatlardan va rezervlardan toʻla foydalanish , eng muhimi- mehnat unumdorligini oshirib boorish hamda mahsulot tannarxini arzonlashtirish dolzarb masala qilib qoʻyilmoqda. Markazda ham, joylarda ham butun ishlarni aniq - puxta tashkil etish buning eng birinchi shartidir. Ortoq [Y. V. Andropov] dekabr Plenumida ta’kidlab oʻtganidek, erishgan sur’atni ishdagi umumiy ijobiy kayfiyatni yoʻqotmaslik, ijobiy jaroyonlarni tobora aktiv rivojlantirish kerak.
Planlarimiz tigʻiz tuzilgan. Uning bajarilishini ta’minlash uchun rezervlardan, mahsulot ishlab chiqarishni koʻoaytirish, sifatini yaxshilash, tannarxini arzonlashtirish imkoniyatlaridan, ilgʻor tajriba, progressive texnologiya va fan -texnika yutuqlaridan omilkorlikbilan foydalanish talab etiladi. Respublika ijtimoiy ishlab chiqarishida unumdorlikni 1 prosent oshirish 30 mingdan koʻproq ishchi mehnatini tejab qoladi. Xalq xoʻjaligini taraqqiy ettirishning intensive omillaridan keng foydalanish bu vazifaning Sharaf bilan bajarilishini ta’min etadi. Mashina – uskunalar smenali koeffisientini oshirish harakatini keng quloch yogʻdirish muhimdir. Mehnatni tashkil qilish va ragʻbatlantirishning brigade usiliga kengroq amal qolish zarur.
Mehnat intizomini hamma choralar bilan mustahkamlash katta afzalliklarga ega. Bugungi kunda ishchi minutlarining Qadri tobora ortib bormoqda. 1983 yili har mihutda 35 ming soʻlikdan koʻproq sanoat mahsuloti ishlab chiqariladi. Minut sayin qariyb 80 ming kilovatt -soat elektr energiyasini hosil qilinib turdi. Shuncha vaqt mobaynida 2,5 ming dona gʻisht, 570 metr ip gazlama, salkam 1 tonna oʻsimlik moyi, 60 juftdan koʻproq poyabzal, 3 tonna paxta tolasi tayorlab chiqarishgashga erishilgan. Ana shuning oʻzi ishchi minutlari imkoniyatidan toʻla foydalanish zarurligini yaqqol koʻrsatib turibti.
Keyingi yillarda koʻpgina oblastlar sanoat ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirib bordi, mennat unumdorliginimuttasil oshirishni ta’minladi. Oʻn birinchi besh yillikning ikki yilida respublikada mehnat unumdorligini oʻrtacha 1,1 prosentdan yuksalib bordi. $$Qashqadaryo oblasti$$da bu raqam 2 prosentni, Navoiy oblastida -1,5 Namangan va Sirdaryo oblastlarida -1,8 xorazm oblastida 3,7 va Toshkent shahrida 3.8 prosentni tashkil etdi. Boshqa oblastlar mehnat unumdorligini tezroq yuksaltirishning mavjud imkoniyatlaridan toʻla foydalanmadilar.
Mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan mrhnat, xom ashyo, mablagʻ resurslarini tejash samaradorligini muttasil oshirib borishning koʻp maeta sinovdan oʻtgan maqbul yoʻlidir. Bu iqtisodiy jihatdan katta imkoniyatlarga ega ekanligini mana bu raqamlar yorqin ifodalaydi: Respublika sanoatida mahsulot tannarxini atigi 0,5 prosent kamaytirish 70 million soʻmni tejaydi. Kapital qurilish ishlarida bu taxminan 16 million soʻmga teng boʻlsa, birgina Avtomobil transporti ministirligi sistemasidagina dastlabgi hisoblarga qaraganda 3 mollion 100 ming soʻm bilan izohlanadi.
Respublikamiz mehnatkashlari partiya belgilab bergan uiugʻvor marralarni sabot -matonat bilan egalayveradilar.
Total words
679
Unique words
482
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
4
TTR
0.710
Hapax
384
Distribution
Top frequency chart
Dataset