🔍

Article

MUKOFOTLAR TOPSHIRILDI

By TASS • in 1975

Main text: 30 - dekabr kuni $$Kreml$$da $$SSSR Oliy Soverti Prezidiumi$$ning Raisi [N.V Podgorniy] $$SSSR$$ning kosmonavt uchuvchilariga, fan va madaniyat arboblari, sarkardalar, partiya, sovet va xoʻjalik xodimlaridan bir gruppasiga vatan mukofotlarini topshirdi.
$$Sovet Ittifoqi Qahrmaonlari$$ $$SSSR$$ning kosmonavt uchuvchilari [A.V. Filipchenko] va [N. N. Rukaveshnikovga] [Lenin] ordenlari hamda ikkinchi $$“Oltin Yulduz” medallari$$ topshirildi. Ular “Soyuz-16” kosmik kemasida orbita boʻylab muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirganliklari hamda shu vaqtda mardlik va qahramonlik koʻrsatganliklari uchun yuksak mukofotga sazovor boʻldilar.
Akademik [K. A. Kocheshkov], [V. I. Lenin] nomli Butunittifoq qishloq xoʻjalik fanlari akademiyasining akademigi [I. F. Vasilenko], professor [N. N. Lyubimov], $$[S. M. Kirov] nomli Moskva “Dinamo” elektr mashinasozlik zavodi$$ning direktori [K. D. Petuxov], Kompozitor [D. K. Kabalevskiy] sovet fani, ishlab chiqarishi va madaniyatini rivojlantirishdagi juda katta xizmatlari uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldilar. Ularga [Lenin] ordenlari hamda $$“Oʻroq va Bolgʻa” oltin medallari$$ topshirildi.
$$SSSR$$ning yoʻllar ministrining birinchi oʻrinbosari [N. A. Gundobin], $$SSSR qora metallurgiya ministri$$ning oʻrinbosari [L. E. Lukich], SSSR Fanlar akademiyasi dengiz ekspeditsiya ishlari boʻlimining boshligʻi [I. D. Papanin], $$SSSRning Gosstroyi huzuridagi Davlat grajdan qurulishi va arxitektura komiteti$$ning raisi [G. N. Fomin], $$SSSR xalq kontroli komiteti$$ raisining oʻrinbosari [V. M. Churaev], akademik [V. A. Engelgardt], $$[P. I. Chaykovskiy] nomli Moskva Davlat konservatoriyasi$$ning professori, SSSR xalq artisti ^^L. B. Koganga^^ [Lenin] ordenlari topshirildi.
$$Oktyabr revolyutsiyasi ordeni$$ bilan mukofotlanganlar orasida $$Moskva oziq-ovqat sanoati texnologiya instituti$$ning rektori [N. F. Gatilin], $$Sovet Ittifoqi Marshali$$ [P. K. Koshevoy], armiya generali [I. I. Gusakovskiy], $$SSSR Gosplani raisi$$ning oʻrinbosari [N. N. Inozemtsev], $$Moskava Davlat filarmoniyasi akademik simfonik orkestrining bosh dirijyori$$, $$SSSR xalq artisti$$ [K. P. Kondrashin] bor.
$$Mehnat Qizil Bayroq ordeni$$ bilan mukofotlanganlar orasida $$SSSR pedagogika fanlari akademiyasi$$ning haqiqiy a’zosi [A. A. Smirnov] va $$SSSR Fanlar akademiyasi$$ning muxbir a’zosi [V. G. Truxanovskiyga] $$Xalqlar doʻstligi ordeni$$ topshirildi.
$$Moskva satira teatri$$ning artisti ^^G. P. Mengletga^^, $$Moskva satira teatri$$ning bosh rejissyori ^^V. N. Pluchekka^^, $$[M. Gorkiy] nomli bolalar va oʻsmirlar filmlari markaziy kinostudiyasi$$ning kinorejissyori [S. I. Rostotskiyga], $$[M. Gorkiy] nomli bolalar va oʻsmirlar filmlari markaziy kinostudiyasi$$ning artisti [V. V. Tixonovga] $$SSSR xalq artisti$$ unvonlari berilganligi toʻgʻrisidagi yorliqlar topshirildi.

Total words

336

Unique words

202

Annotated anthroponyms

34

Toponyms

28

TTR

0.601

Hapax

146

Distribution

Top frequency chart

Dataset